Xitoy kompaniyasi Navoiyda gibrid elektr stansiyasi barpo etmoqchi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifning ikkinchi kunidagi tadbirlar doirasida “China Energy Engineering Corporation” raisi Sun Xaylyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xitoy kompaniyasi Navoiyda gibrid elektr stansiyasi barpo etmoqchi
Kompaniya aktivlarining qiymati 150 milliard dollardan ortiq. “China Energy” Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirmoqda.

“Kompaniya Navoiy viloyatida gibrid elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etish niyatida. Bundan tashqari, joriy yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida sement ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlar birgalikda ishga tushirildi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

“China Energy” bilan sheriklik istiqbollari, shu jumladan infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, energiyani saqlash tizimlarini tashkil etish, energetika tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Suv xo‘jaligida kooperatsiya qilish, sanoatning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing