Xitoy O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishi mumkin

Siyosat

Mirziyoyev Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan uchrashdi.

Xitoy O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘z sohasida jahonning ilg‘or kompaniyasi bo‘lib, “Fortune Global 500” reytingida yetakchi o‘rinlarni egallagan.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing