Xitoy Özwell va O‘zbekiston farmatsevtikasini rivojlantirishga $9,5 mln kiritadi
Biznes
8-avgust kuni Shanxayda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi doirasida Özwell kompaniyasi Xitoyning eng yirik farmatsevtika xoldinglaridan biri — Zhendong Health Industry Group bilan strategik hamkorlik memorandumi imzoladi.
Umumiy investitsiya 9,5 mln dollarni tashkil etadi. Shundan 4,5 mln dollari zamonaviy xalqaro darajadagi laboratoriya tashkil etishga, 5 mln dollari esa ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirish va kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Hamkorlik doirasida farmatsevtik substansiyalar, tayyor dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar, vitaminlar, kosmetika, gigiyena vositalari (jumladan, bolalar pamperslari), oftalmologik preparatlar, shuningdek, funksional oziq-ovqat mahsulotlari — tish pastasi, oziq pastasi, proteinli sho‘rvalar va boshqa nutratsevtik mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston Farmatsevtika agentligi va uning rahbari Abdulla Azizov ko‘magida amalga oshdi. Kompaniya GMP+ va ISO xalqaro standartlarini joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekiston mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor