Xitoy yetakchilar uchrashuvi oldidan AQSHga qarshi javob choralarini kengaytirdi

Iqtisodiyot

Xitoy AQSHga nisbatan yangi javob choralarini e'lon qilib, dronlar va ular bilan bog‘liq texnologiyalar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirdi hamda bir qator Amerika kompaniyalariga sanksiyalar joriy etdi. Qaror sentabr oyida kutilayotgan Si Szinpin va Donald Tramp uchrashuvi arafasida qabul qilindi.

Xitoy yetakchilar uchrashuvi oldidan AQSHga qarshi javob choralarini kengaytirdi
Xitoy Savdo vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, cheklovlar yettita AQSH kompaniyasiga, jumladan biotexnologiya va sertifikatlash sohasidagi tashkilotlarga nisbatan qo‘llanildi. Bundan tashqari, AQSHga dronlar, ularning butlovchi qismlari va tegishli texnologiyalar eksporti endilikda alohida ruxsat asosida amalga oshiriladi.

Pekin bu choralarni AQSHning Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi cheklovlari va 40 dan ortiq Xitoy kompaniyasining majburiy mehnat bilan bog‘liq ro‘yxatga kiritilishiga javob sifatida izohladi. Xitoy bu ayblovlarni rad etib, Vashingtonni cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi.

Shuningdek, Xitoy ayrim majburiy sertifikatlash jarayonlarida AQSH tashkilotlari ishtirokini to‘xtatdi hamda xorijiy dasturiy ta'minotga ega ofis uskunalari bo‘yicha milliy xavfsizlik tekshiruvini boshladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi savdo va texnologik qarama-qarshilik davom etayotgan bo‘lsa-da, tomonlar sentabr oyida rejalashtirilayotgan oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing