Xitoy yuanni global valyuta qilishni maqsad qilgan
Iqtisodiyot
Xitoy Prezidenti Si Zinpin yuanni jahon zaxira valyutasi qilishni maqsad qilganini ma’lum qildi. U kuchli markaziy bank va global kapitalni jalb qila oladigan raqobatbardosh moliya institutlari zarurligini ta’kidladi.
Qiushi partiya jurnalida chop etilgan maqolada Si Zinpin yuanning xalqaro savdo, investitsiya va moliya bozorlarida keng qo‘llanilishi hamda samarali pul-kredit siyosati muhimligini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, bu tashabbus Xitoyning uzoq muddatli strategiyasining bir qismi bo‘lib, yuanni global moliya tizimida mustahkamlashni maqsad qilgan. Shu bilan birga, mamlakat milliy valyuta obro‘sini oshirish va yetakchi moliya markazlari bilan raqobatlasha oladigan moliyaviy infratuzilma yaratishni ko‘zlaydi.

Powered by Froala Editor