Xitoy mikrosxemalar ishlab chiqarish uchun zarur materiallar eksportini cheklaydi

Texnologiya

Pekin avgust oyidan beri yarimo'tkazgichlar, chiplar, elektr transport vositalari va telekommunikatsiyalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan galliy va germaniy eksportiga cheklovlar qo'ydi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu bozorda narxlarning oshishiga olib keladi.

Xitoy mikrosxemalar ishlab chiqarish uchun zarur materiallar eksportini cheklaydi
Xitoy 1 avgustdan boshlab o'zining milliy xavfsizligi va manfaatlarini taʼminlash maqsadida tarkibida galiy va germaniy boʻlgan sanoat tovarlari va materiallari eksportiga cheklovlar joriy qiladi, deb xabar qildi dushanba kuni Xitoy Savdo vazirligi.

Yangi qonunga ko‘ra, yarimo‘tkazgichlar va optoelektron qurilmalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan galliy hamda yarimo‘tkazgich sanoati uchun muhim xomashyo bo‘lgan germaniy hamda tegishli mahsulotlarni 1 avgustdan ruxsatsiz eksport qilish mumkin emas.

Galliy nitridi, galiy oksidi va zonada tozalangan germaniy ingoti kabi boshqa sanoat materiallarini eksport qilish ham taqiqlandi.

Endi eksportchilar eksport litsenziyasini olish uchun normativ hujjatlarga muvofiq ariza berishlari va viloyatlar savdo organlari orqali Savdo vazirligiga taqdim etishlari shart bo‘ladi.

Vazirlik hujjatlarni belgilangan muddatlarda ko'rib chiqadi va ularni tegishli idoralar bilan birgalikda ko'rib chiqish huquqiga ega. Ko'rib chiqish natijalariga ko'ra vazirlik litsenziyalar berish yoki berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Xitoyning yarimo'tkazgichlar bozorini tadqiq qilish kompaniyasi JW Insights bosh direktori Xan Xiaomingning aytishicha, taqiqlangan mahsulotlar yarimo'tkazgichlar uchun muhim materiallar bo'lib, ular urush sanoatida qo'llanilishi bilan chambarchas bog'liq. Xitoy milliy xavfsizlikni ta'minlash uchun ushbu materiallarga eksport nazoratini o'rnatish uchun barcha asoslarga ega.

Xanning so'zlariga ko'ra, bu harakat AQShning Xitoyga chip eksportini nazorat qilishiga qarshi choralar bo'lishi mumkin.

Bloomberg ta'kidlashicha, Xitoy bozorga galliy va germaniyning eng yirik yetkazib beruvchilaridan biridir, shuning uchun metall narxi oshishi mumkin. Dunyo galliy ishlab chiqarishning qariyb 94% Xitoy hissasiga to'g'ri keladi.

Galliy va germaniy boshqa joylarda ham ishlab chiqarilsa-da, Xitoydan sotib olish foydaliroq, chunki Xitoy ularni nisbatan arzon tutadi, metall qazib olish esa ancha qimmatga tushishi mumkin, deb yozadi agentlik. Maqolada ta'kidlanishicha, cheklangan ta'minot bilan yuqori narxlar boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing