Xitoyda gigant oltin koni topildi
Dunyo
Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Vangu konida geologlar tomonidan 1000 tonnadan ziyod oltin zaxirasi aniqlandi.
Bu zaxiralar 600 milliard yuanga (83 milliard dollar) baholanmoqda. Ularni izlashda uch o‘lchovli modellashtirish kabi ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan.
Ushbu kashfiyot global oltin bozoridagi talab va narx o‘sishiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Jahon bozorida oltin narxi yil boshidan buyon 23% o‘sdi.
AQSh foiz stavkalarining pasayishi haqidagi kutishlar va global mojarolar bu o‘sishni davom ettirishi mumkin.Shu sababli, markaziy banklar va investorlar oltinni xavfsiz aktiv sifatida ko‘rib, talabni oshirmoqda.
Bank of America mutaxassislari narxning bir untsiya uchun 3000 dollarga yetishini prognoz qilishmoqda.

Powered by Froala Editor