Xitoyni yengish uchun, Honda va Nissan birlashmoqchi
Dunyo
Honda va Nissan birlashish bo‘yicha muzokaralar boshladi. Ular dunyodagi uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanishi mumkin.
Shuningdek, Honda va Nissan yana bir yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi — Mitsubishi Motors bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu memorandum Mitsubishi kompaniyasini guruhga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Nissan kompaniyasi Mitsubishi’ning asosiy aksiyadori hisoblanadi.
«Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari va yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishi avtomobil sanoatini keskin o‘zgartirib yubordi. Ular bilan kurashish uchun o‘z imkoniyatlarimizni kuchaytirishimiz kerak, aks holda bizni ortda qoldirishadi», — dedi Honda rahbari Toshihiro Mibe Tokiodagi matbuot anjumanida.
Honda va Nissan vakillarining aytishicha, birlashish amalga oshirilgan taqdirda, holding kompaniyasining umumiy sotuv hajmi 30 trillion iyenga (191 milliard AQSh dollariga), foydasi esa uch trillion iyenga (19 milliard AQSh dollariga) yetadi.
Birlashish haqidagi xabarlardan so‘ng Honda aksiyalari 3,8 foizga, Nissan aksiyalari 1,6 foizga, Mitsubishi Motors aksiyalari esa 5,3 foizga oshdi.

Powered by Froala Editor