Xitoyning deflyatsiyasi so'nggi 15 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi

Iqtisodiyot

Yanvar oyida Xitoyning iste'mol narxlari indeksi (CPI) 2023-yil yanvariga nisbatan 0,8% ga pasaydi, bu 2009-yildan beri eng katta pasayishdir.

Xitoyning deflyatsiyasi so'nggi 15 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi
Ekspertlarning fikricha, Xitoyda iste'mol narxlarining bunday sezilarli pasayishiga COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiyotning sekin tiklanishi sharoitida iste'mol talabining qisqarishi sabab bo'lgan. Eslatib o’tamiz, Xitoyda iste'mol narxlari ketma-ket to'rtinchi oy pasaymoqda.

Ba'zi iqtisodchilarning fikricha, yanvar oyidagi pasayish mavsumiy omillar bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar oyida narxlarning sezilarli darajada pasayishi o'tgan yanvar oyida 21–27-yanvar kunlari Oy Yangi yili bayrami munosabati bilan narxlar 2,1% ga oshgani bilan bog'liq. Bu yil bayram fevral oyining boshlarida bo'lib o'tdi.

"Fevral oyi uchun mo’tadil mavsumiy sharoitlarni hisobga olgan holda, yanvar oyidagi ma'lumotlar eng past bo'lishini kutish mumkin", — deydi “ING Economics” bosh iqtisodchisi Lin Song.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing