Xitoyning Guandun provinsiyasi bilan iqtisodiy diplomatiya yo'nalishidagi hamkorlik jadallashmoqda
Iqtisodiyot
Xitoyning janubiy hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida Bosh konsulxona xodimlari Guandun provinsiyasi Xalqaro savdoni rag'batlantirish qo'mitasi (China Council for the Promotion of International Trade Guangdong Committee, CCPIT) prezidenti Chen Siyaofen bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqotda, Chan Siyaofen mamlakatlarimiz o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotganidan mamnunligini qayd etib, O'zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yuqori baholadi.
Xitoy tomoni mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiya hamda turizm yo'nalishlaridagi hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Guandun provinsiyasi bilan iqtisodiy diplomatiya yo'nalishidagi jarayonlarni jadallashtirish uchun 2025-yilda qo'shma biznes-forum, ko'rgazma va yarmarkalar o'tkazish, istiqbolli investitsion loyihalar taqdimotlarini o'tkazish hamda hududdagi kompaniyalardan iborat guruhlarni O'zbekistonga biznes-missiyalarini amalga oshirish masalalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Powered by Froala Editor