XOQ Prezidenti Kirsti Koventri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sport
Singapurda bo‘lib o‘tayotgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) prezidenti Kirsti Koventri hamda MOQning Olimpiya birdamligi dasturi direktori Jeyms Makleod bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva va MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.
Suhbat avvalida Koventri xonimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev nomidan samimiy salom va ezgu tilaklar yetkazildi. Uchrashuv chog‘ida Koventri xonimning xalqaro olimpiya harakati rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, Koventri xonim Shaxnoza Mirziyoyevani Butunjahon suv sport turlari federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi byurosiga saylangani bilan tabriklab, o‘zining sportdagi tajribalari asosida foydali maslahatlar berdi.
Uchrashuv yakunida Kirsti Koventri O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatda olimpiya harakati bo‘yicha erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishga taklif etildi.

Powered by Froala Editor