Xorijdan pul oqimi keskin oshdi — O‘zbekistonga 6 oyda 8,2 mlrd dollar kirib keldi

Iqtisodiyot

2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga chetdan kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 27 foizga oshib, 8,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Asosiy valyuta oqimi Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida ishlayotgan mehnat migrantlari hisobiga ta’minlanmoqda.

Xorijdan pul oqimi keskin oshdi — O‘zbekistonga 6 oyda 8,2 mlrd dollar kirib keldi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 mlrd dollarga ko‘proq mablag‘ yuborilgan.

Oylar kesimida o‘sish barqaror kuzatildi: yanvarda $1,06 mlrd, fevralda $1,07 mlrd, martda $1,21 mlrd, aprelda $1,43 mlrd, mayda $1,64 mlrd, iyunda esa $1,78 mlrd.

Pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda — umumiy summaning 78 foizi (6,4 mlrd dollar) shu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan $1,8 mlrd esa Qozog‘iston, AQSH, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva va boshqa mamlakatlardan yuborilgan.

Alohida e’tiborli jihat — rivojlangan mamlakatlardan kelayotgan pul hajmining keskin oshgani:

Buyuk Britaniyadan — 2 barobar;

Yevroittifoq mamlakatlaridan — 41 foiz (Irlandiya — 2,8 baravar, Litva — 79%, Niderlandiya — 44%, Polsha — 20%);

AQSHdan — 15 foiz.

To‘lov kanallariga ko‘ra:

xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari — $4,3 mlrd (+22%);

karta-orqali p2p o‘tkazmalar — $3,6 mlrd (+40%);

SWIFT tizimi — $251 mln (−22%).

O‘sish sabablari sifatida xorijda ishchi kuchiga talab yuqoriligi, ish haqlari barqarorligi, va milliy valyutaning mustahkamligi ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan xorijga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi $1,2 mlrd bo‘lib, o‘tgan yil darajasida qolgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing