Xose Muxika: Men vatandoshlarim bilan xayrlashishni xohlayman
Dunyo
“Biz boylikka haddan tashqari e’tibor qaratamiz, lekin baxt haqida o‘ylamaymiz. Faqat ish bilan band bo‘lib, hayot o‘tib ketganini bilmay qolamiz”, “Mening davrim tugadi”, deydi 89 yoshli Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika. U umri davomida oddiy hayot kechirgan, rafiqasi bilan shahar chetidagi fermada xrizantema gullarini yetishtirgan.

Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika qizilo‘ngachidagi saraton jigariga o‘tganini va u davolanishdan voz kechganini ma’lum qildi. Muxika o‘zini "hukm qilingan" deb atagan. Bu haqida “Busqueda” haftalik jurnaliga gapirib berdi. Shuningdek u, bu uning so‘nggi intervyusi bo‘lishini aytdi.
Urugvayni 2010-2015-yillarda boshqargan sobiq rahbar ko'zlarida yosh bilan shunday dedi, “Rostini aytsam, men o‘lyapman,” “Menga tinchlik berishlarini so‘rayman. Endi mendan boshqa intervyular yoki biror narsa talab qilmang. Mening davrim tugadi.”
89 yoshli Muxika o‘tgan yilning aprel oyida shifokorlar uning qizilo‘ngachida saraton o‘smalari topganini oshkor qilgan edi. U nurlanish terapiyasini boshdan kechirdi va o‘tgan yil sentyabrda shifokorlari saratonning remission holatiga o‘tganini aytishdi.
Suhbat davomida, Muxika uning autoimmun kasalligi, og‘ir buyrak kasalligi va boshqa surunkali tibbiy muammolari saraton qaytganidan so‘ng davolanishdan voz kechish qaroriga olib kelganini aytdi. “Men qariyaman va ikki surunkali kasalligim borligi uchun tanam buni ko‘tara olmaydi,” “Men vatandoshlarim bilan xayrlashishni xohlayman”, dedi u.
2020-yilda senatdan chiqqach, Muxika siyosatdan nafaqaga chiqqanini e’lon qilgan bo‘lsa-da, u Keng frontdagi kuchli siyosiy ta’sirga ega bo‘lib qoldi. U mamlakatdagi eng mashhur siyosatchilardan biri hisoblanadi.
Muxika hayotining “so‘nggi bosqichi”ni poytaxt Montevideodan tashqarida joylashgan fermasida o‘tkazayotganini, u yerda rafiqasi bilan bir necha yillardan davomida xrizantemalar o‘stirib kelganini aytdi.
Muxika so’zlarini hayotiy ogitlari bilan yakunladi. “Hayot ajoyib sarguzasht va mo‘jizadir,” dedi u. “Biz boylikka haddan tashqari e’tibor qaratamiz, lekin baxt haqida o‘ylamaymiz. Faqat ish bilan band bo‘lib, hayot o‘tib ketganini bilmay qolamiz.”

Powered by Froala Editor