XVJ: 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,4% ga o’sishi kutilmoqda

Iqtisodiyot

O‘zbekiston bilan 2024-yilgi maslahatlashuvlardan so‘ng Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi yakuniy bayonot berdi.

XVJ: 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,4% ga o’sishi kutilmoqda
Qayd etilishicha, O’zbekiston rasmiy idoralarining islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy sa’y-harakatlari, ayniqsa, energetika, xususiylashtirish va davlat korxonalarini isloh qilish yo‘nalishidagi, iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga yordam berdi.

YaIMning real o‘sishi yuqori bo‘lib, ichki talabning barqaror o‘sishi hisobiga 2024-yilda 5,4% ni tashkil etishi kutilmoqda va 2025-yilda 5,5% gacha oshadi.

2024-yilning birinchi choragida o‘sish sur’ati yuqori saqlanib qolib, yillik hisobda 6,2% ni tashkil etdi. Real daromadlarning barqaror o‘sishi va 2020-yildan beri ijtimoiy himoya tizimi ko‘lamini kengaytirish borasidagi choralar kambag‘allik darajasini 2021-yildagi 17% dan 2023-yilda 11% gacha pasayishiga yordam bergan.

Nisbatan yuqori real asosiy stavka hamda jahon bozorida oziq-ovqat va energiya narxlarining pasayishi tufayli umumiy inflyasiyaning 2022-yil oxiridagi 12,3% dan 2024-yil mart oyida 8,0% gacha pasaydi.

Missiya pul-kredit siyosatida inflyasiyani pasaytirishga ustuvor ahamiyat berishni davom ettirish lozimligini ta’kidlagan. O‘zbekiston Markaziy banki narxlar dinamikasini diqqat bilan kuzatishni davom ettirishi va inflyasiya barqaror pasayish trayektoriyasiga kirgunga qadar qat’iy pul-kredit siyosatini saqlab turishi kerakligi aytilgan.

Qolaversa, biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan birga inflyasiyani pasaytirishda yordam berishi qayd etilgan.

Ushbu bayonot Xalqaro valyuta jamg'armasining (XVJ) janob Yaser Abdih boshchiligidagi missiyasi tomonidan e'lon qilindi. Ushbu missiya 23-apreldan 7-mayga qadar Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan 2024-yil IV moddaga muvofiq maslahatlashuvlar doirasida muhokamalar o‘tkazdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing