XVJ global iqtisodiy o‘sish 3 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda
Iqtisodiyot
Global inflyatsiya 2022-yildagi 8,7 foizdan 2023-yilda 6,8 foizgacha va 2024-yilda 5,2 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Jahon iqtisodiyotining o‘sishi 2022-yildagi 3,5 foizdan 2023-2024-yillarda 3 foizgacha pasayadi. Bu haqda “Sinxua” Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga tayanib, xabar beradi.
“2023-yil uchun prognoz aprel oyidagi Jahon iqtisodiy istiqboli hisobotida ko‘rsatilgan prognozdan biroz yuqoriroq bo‘lsa-da, tarixiy standartlar bo‘yicha u pastligicha qolmoqda. Inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun markaziy banklarning foiz stavkasini oshirish iqtisodiy faollikka ta’sir qilishda davom etmoqda”, deyiladi hujjatda.
Global inflyatsiya 2022-yildagi 8,7 foizdan 2023-yilda 6,8 foizgacha va 2024-yilda 5,2 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Asosiy inflyatsiyaning yanada silliq pasayishi prognoz qilinmoqda va 2024-yil uchun inflyasiya prognozlari yuqoriga qarab qayta ko‘rib chiqildi.
“Rivojlangan mamlakatlar uchun 2023-yilga mo‘ljallangan o‘sish sur’atlarining 2022-yildagi 2,7 foizdan 2023 yilda 1,5 foizgacha pasayishi muhimligicha qolmoqda”, deyiladi hisobotda.
Prognozga ko‘ra, 2023-yilda rivojlangan mamlakatlarning 93 foizida o‘sish sur’ati pasayadi, 2024-yilda esa 1,4 foiz darajasida qoladi.

Powered by Froala Editor