Yamanliklar G'azo uchun Isroildan qasd olmoqda

Dunyo

20-mart kuni Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) Yamandan uchirilgan raketani mamlakat hududiga yetib kelmasidan oldin urib tushirdi. Husiylar bu harakatlarni Isroil G'azo sektoriga hujum qilganiga javoban qasd olish maqsadida amalga oshirgan. Husiylar guruhining ta'kidlashicha, ular Tel-Aviv yaqinidagi Ben-Gurion xalqaro aeroportini nishonga olishni maqsad qilgan edi.

Yamanliklar G'azo uchun Isroildan qasd olmoqda
Husiylar, Yamandagi shia zaydiylar guruhining radikal harbiy qanoti, ushbu hujumda "giperovoz ballistik raketadan" foydalanganini iddao qilmoqda. Shuningdek, ular Qizil dengizda joylashgan AQShning harbiy kemalarini ham nishonga olish rejasini bildirgan. Bu harakatlar Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

16-mart kuni husiylar guruhi AQShning USS Harry S. Truman aviatashuvchisi va unga hamrohlik qilgan harbiy kemalariga zarba berganini e’lon qildi. Husiylarning harbiy vakili Yahyo Sariyga ko‘ra, hujumda 18 ta raketa va bitta dron ishlatilgan. Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy samolyotlari 11 ta dronni urib tushirgan, husiylar tomonidan uchirilgan raketalardan biri havoda portlab, Yamanning hududiy suvlariga qulagan.

Husiylar 19-yanvardan buyon harbiy harakatlarni to‘xtatgan edi. Biroq, 11-mart kuni guruh Isroilning G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berishni to‘xtatganiga javoban Isroil kemalariga hujum qilish bilan tahdid qildi.

16-mart kuni AQSh harbiy kuchlari husiylar pozitsiyalariga zarba berdi. Bu hujum AQSh Prezidenti Donald Trampning shaxsiy buyrug‘i bilan amalga oshirildi. Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida husiylarni "Amerika va boshqa davlatlarning kemalari, samolyotlari va dronlariga qarshi doimiy qaroqchilik, zo‘ravonlik va terror harakatlarini amalga oshirayotgan" guruh deb atadi.

Husiylar Isroil harbiy harakatlariga javoban Qizil dengiz orqali o‘tuvchi savdo kemalariga hujum qila boshladi va AQSh harbiy kemalari bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing