Yana bir aviahalokat: Janubiy Koreyada yo'lovchi samolyot portlab ketdi
Dunyo
Bugun 29-dekabr kuni Janubiy Koreya – janubdagi aeroportda 181 kishini olib ketayotgan Jeju Air yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, devorga urilishi natijasida, portlab ketdi. Aviahalokat oqibatida deyarli barcha halok bo‘lgan, atiga ikki kishi qutqarib olingan. Bu haqida Yonhap xabar berdi.
Hodisa J.Koreya vaqti bilan ertalab soat 9:07 da sodir bo'lgan. Jeju Air aviakompaniyasining reysi qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va Muan xalqaro aeroportida devor bilan to‘qnash oqibatida yong'in sodir bo‘lgan.
Aviahalokatda qutqarib olingan ikki kishidan tashqari, bortdagilarning hammasi halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda, o‘t o‘chiruvchilar jasadlarni topish uchun qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Rasmiylarning xabariga ko'ra ayni daqiqada, 122 kishi halok bo'lganini tasdiqladi
"Samolyot devor bilan to'qnashganidan so'ng, yo'lovchilar samolyotdan tashqariga uloqtirildi. Omon qolish ehtimoli juda past", - dedi o't o'chirish agentligi rasmiysi.
“Samolyot deyarli butunlay vayron bo‘lgan, marhumlarning shaxsini aniqlash qiyin”, — dedi rasmiy. "Biz qoldiqlarni tiklash jarayonidamiz, bu vaqt talab etadi."
Bir yo‘lovchi va bir ekipaj a’zosi – ikkala ayol ham voqea sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay qutqarib olindi va ular Mokpo shahridagi shifoxonada davolanmoqda. Ularning jarohatlari hayot uchun xavfli emas edi.
Bangkokdan soat 1:30 da uchgan Boeing 737-800 samolyoti bortida jami 181 kishi, jumladan olti ekipaj a'zosi bo'lgan. U Muanga soat 8:30 atrofida yetib kelishi kerak edi
Ikki nafar Tailand fuqarosidan tashqari yo‘lovchilarning aksariyati koreyslar edi.
Muan aeroporti ichida qurbonlarning jasadlarini qo‘yish uchun vaqtinchalik o‘likxona tashkil etilgan.
Mahalliy telekanallar tomonidan efirga uzatilgan videolarda samolyot qo‘nish moslamasi o‘rnatilmagan holda qo‘nishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Samolyot yer bo‘ylab sirpanib ketib, portlashdan oldin beton devorga urilgan va alanga ichida qolgan.
Rasmiylarning fikricha, avariyaga qo‘nish moslamasining nosozligi, ehtimol qushlarning urilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ular aniq sababni aniqlash uchun joyida tekshiruv o‘tkaza boshlashdi.
Prezident vazifasini bajaruvchi Choy Sang-mok halokat joyiga tashrif buyurdi hamda Muan okrugini maxsus ofat zonasi deb e'lon qildi. Rasmiylarga qidiruv ishlari uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishni buyurdi.
Choy, shuningdek, marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi va ularga davlat tomonidan har tomonlama yordam berishga va’da berdi.

Powered by Froala Editor