Yandex Cup 2024: Dasturchilar Toshkentda 1,75 milliard so‘m uchun kurashadi

Texnologiya

Yandex joriy yilda sovrin jamg‘armasi 1,75 milliard so‘mni tashkil etadigan yettinchi xalqaro Yandex Cup dasturlash chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshladi. Musobaqaning final bosqichi Toshkentda o‘tkazilib, iqtidorli dasturchilarga o‘z mahoratlarini namoyish qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Yandex Cup 2024: Dasturchilar Toshkentda 1,75 milliard so‘m uchun kurashadi
Chempionat oltita asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: tahlil, frontend va backend dasturlash, mobil dasturlash, mashinali o‘rganish hamda "Algoritm" sport dasturlash yo‘nalishi.

Saralash bosqichi 14-oktabrdan 20-oktabrgacha onlayn tarzda o‘tkaziladi. 2-noyabr kuni yarim final onlayn bo‘lib o‘tadi, final bosqichi esa 2-dekabrdan 6-dekabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Yandexda ishga joylashish uchun soddalashtirilgan suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ro‘yxatdan o‘tish 20-oktabrgacha davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing