Yandex O‘zbekistonda venchur fondini ishga tushiradi: startaplar uchun $20 mln
Biznes
Yandex O‘zbekistonda Yango Ventures nomli $20 mln hajmli venchur fondini ishga tushirdi. Fond startaplarni dastlabki bosqichlardan qo‘llab-quvvatlaydi. E’lon ICT Week 2025 doirasida qilindi.
Fond Yango Group tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Lotin Amerikasi, Afrika va Yaqin Sharq loyihalari bilan ishlamoqda. Endilikda u O‘zbekiston startaplariga ham ochiq bo‘ladi.
Investitsiyalar B2B SaaS, fintex va O2O xizmatlariga yo‘naltiriladi. Dastlabki seed bosqichidan tortib, B seriyasigacha loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. Ekspertlar kengashiga sun’iy intellekt, mobil texnologiyalar, moliya va ko‘ngilochar sohalar mutaxassislari kiritilgan.
«Texnologiyalar taraqqiyot kaliti, lekin startaplarga faqat pul emas, balki tajriba va aloqalar ham zarur. Fondning vazifasi — iqtidorlar bilan birga o‘sish va O‘zbekistonda barqaror raqamli iqtisodiyotni shakllantirish», — dedi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.
Fond kapitali $20 mln bo‘lib, kelgusida kengaytirilishi mumkin.

Powered by Froala Editor