Yangi bog‘larni barpo etishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

O'zbekiston

255-sonli Hukumat qarori bilan “Respublikada yangi bog‘larni barpo etishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirish to‘g‘risida” gi nizom tasdilandi.

Yangi bog‘larni barpo etishni moliyalashtirish tartibi belgilandi
Nizomga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

Kredit mablag‘lari kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

1 bosqichda – yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha;

2 bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha;

3 bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha;

4 bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi.

Bunda yangi bog‘ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosida ko‘zda tutilgan yer maydoniga mutanosib ravishda, ammo 1 gektarga ko‘pi bilan BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing