Ukraina Qurolli kuchlariga yangi bosh qoʻmondon tayinlandi

Dunyo

Zelenskiy general-polkovnik Aleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlarining yangi bosh qo‘mondoni etib tayinladi.

Ukraina Qurolli kuchlariga yangi bosh qoʻmondon tayinlandi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy general-polkovnik Aleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlarining yangi bosh qo‘mondoni etib tayinladi. Bu haqda u o‘zining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bugundan boshlab Ukraina Qurolli kuchlarini yangi boshqaruv jamoasi boshqara boshlaydi. Men Rabotino yoki Avdievkadagi askarlarimiz, Bosh shtab va shtab-kvartiralarda urush haqidagi tasavvur bir xil bo‘lishini istayman”, dedi u ijtimoiy tarmoqda.

Prezident turli darajadagi qo‘mondonlar, xususan, brigada generallari Andrey Ignatov, Mixail Drapatiy, Igor Skibyuk va polkovniklar Pavel Palisa va Vadim Suxarevskiylar bilan o‘nlab suhbatlar o‘tkazganini ta’kidladi.

“Ularning barchasi armiyadagi rahbarlik lavozimlariga ko‘rib chiqilmoqda va ukrainalik eng tajribali qo‘mondon rahbarligida xizmat qiladi. U muvaffaqiyatli mudofaa tajribasiga ega - u Kiev mudofaa operatsiyasini o'tkazgan. U Xarkovni ozod qilish operatsiyasida ham muvaffaqiyatli tajribaga ega. Men general-polkovnik Sirskiyni Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni etib tayinladim. Bugun men generallar Moysyuk va Zabrodskiy bilan gaplashdim. Ularning tajribasi davlat xizmatida”, dedi prezident Zelenskiy.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing