Yangi muzokaralar bosqichi: Kiyev AQShdagi uchrashuvni kutmoqda

Dunyo

Ukraina kelasi haftada AQSh hududida yangi tinchlik muzokaralarini o‘tkazish taklifini qabul qildi. Biroq Rossiya delegatsiyasi ishtiroki hozircha noma’lum.

Yangi muzokaralar bosqichi: Kiyev AQShdagi uchrashuvni kutmoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelasi haftada AQShda yangi tinchlik muzokaralari o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Vashingtonning uchrashuv o‘tkazish taklifini qabul qilgan, muzokaralar seshanba yoki chorshanba kuniga rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Rossiya delegatsiyasi AQSh hududidagi muzokaralarda ishtirok etishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, bo‘lajak uchrashuvning asosiy mavzusi Donbass hududida erkin iqtisodiy zona tashkil etish masalasi bo‘ladi. Uning aytishicha, bu tashabbusga tomonlarning hech biri katta ishtiyoq bilan qaramayapti, chunki Moskva va Kiyevning bu boradagi qarashlari turlicha.

Prezidentning aytishicha, tomonlar ushbu masalani keyingi uchrashuvda yana muhokama qilishga kelishib olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing