Yangi Namangan "aqlli shahar" konsepsiyasining timsoliga aylanadi

O'zbekiston

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Yangi Namangan shahri bosqichlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi Namangan "aqlli shahar" konsepsiyasining timsoliga aylanadi
Ta’kidlanishicha, uning qurilishi ikki yil oldin boshlangan edi. Bugungi kunda 2 ming 764 ta xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilgan, yana 648 ta xonadonli uylar qurilmoqda.

Bu shahar 200 ming aholiga mo‘ljallangan. Unda bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalar, ish o‘rinlari uchun sanoat zonasi bo‘ladi. “Yangi O‘zbekiston bog‘i” ham shu yerda barpo etiladi.

Davlatimiz rahbari bu qulaylik, xavfsizlik, sifatli ekspluatatsiyani mujassam etgan aqlli shahar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois loyihani yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqish, sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing