Yangi Qonun: Organ xodimlarining videosini montaj qilib tarqatish taqiqlanmoqda

O'zbekiston

Bugun, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto yoki videotasvirni ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik, shu jumladan internetda tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Mazkur Qonun senatorlar tomonidan uchinchi o'qilishida ma’qullandi.

Yangi Qonun: Organ xodimlarining videosini montaj qilib tarqatish taqiqlanmoqda
Ya’ni organ xodimlarini foto, video tasvirga tushirish va tasvirlarni tarqatish mumkin, bunga taqiq yo‘q. Ammo video yoki fotolarni ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatmaslik, ya’ni xodimning harakatlari, so‘zlari va yuz bergan holatni buzmaslik, shu maqsadda montaj qilmaslik talab etilmoqda.

Mazkur huquqbuzarlik uchun jazo chorasi oldingi tahrirdagidan biroz o'zgartirilgan. Avval jarima miqdori BHMning 50 barobari sifatida qat’iy belgilangan bo'lsa, mazkur Qonunda jarima miqdori 20 baravardan 50 baravargacha etib belgilandi. Avvalgi 15 sutka qat'iy ma’muriy qamoq jazosi esa 10 sutkagacha qisqartirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing