Yangi rekord: Ruslan Nuridinov uchinchi bor dunyoda tengsizligini isbotladi
Sport
Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilgan kattalar o‘rtasidagi og‘ir atletika jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Murosasiz va shiddatli ruhda kechgan musobaqada O‘zbekiston Og‘ir Atletika terma jamoasi jahon chempionatida kuchli uchlikdan o'rin oldi.
Terma jamoa a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan mamlakat sportining yangi yuksakliklariga erishdi. E’tiborlisi, erkaklar terma jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan jahon chempionatida umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.
Manama shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston sportchilari o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar:
-89 kg vazn toifasida Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-81 kg vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda bronza medali va ikkikurashda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
-109 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov dast ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shu vazn toifasida Ruslan Nuridinov siltab ko‘tarishda va ikkikurashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, Ruslan Nuridinovning o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uchinchi bor dunyoda tengsiz deb topilganligi, chempionatning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.
70 ga yaqin mamlakat ishtirok etgan bu nufuzli musobaqada O‘zbekiston Og‘ir Atletika terma jamoasining kuchli uchlikka kirishi, O‘zbekiston sporti har bir yangi g‘alabasi bilan dunyo maydonida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlayotganidan darak beradi.

Powered by Froala Editor