Yangi sun'iy intellektli smartfon
Texnologiya
OpenAI, Stiv Jobsning bevasi hamda Apple’ning sobiq bosh dizayneri Joni Ayv bilan hamkorlikda sun'iy intellekt bilan jihozlangan yangi smartfon yaratish loyihasini ishlab chiqmoqda. Loyiha SpaceX darajasidagi startap sifatida ko‘rib chiqilmoqda va uning qiymati 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Loyihani moliyalashtirishda qisman Joni Ayvning o‘zi hamda Apple asoschisi bevasi Loren Pauell Jobs Emerson Collective kompaniyasi orqali ishtirok etmoqda.
Joni Ayv – britaniyalik dizayner bo‘lib, 27 yil davomida Apple’ning bosh dizayneri bo‘lgan. iPhone, iPod, MacBook va Apple Watch kabi qurilmalar uchun minimalist va o‘ziga xos uslubni u kompaniyaning o‘ziga xos belgisiga aylantirgan. 2019 yilda Ayv Apple’dan ketib, LoveFrom nomli o‘zining dizayn studiyasini tashkil qildi, u yerda u arxitektura, moda va texnologiyalar sohasidagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. 2022 yilda Apple u bilan maslahat hamkorligini yakunladi.
Airbnb rahbari Brayan Cheski Joni Ayvni OpenAI asoschisi Sem Altman bilan tanishtirdi. Ular generativ sun'iy intellekt imkoniyatlari texnologik sanoatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan innovatsion qurilmalarni ishlab chiqish uchun katta salohiyatga ega deb hisoblaydi.
LoveFrom hammuassisi Mark Nyuson loyiha hozirda kontseptual ishlab chiqish bosqichida ekanligini, va qurilmaning aniq chiqish sanasi hali belgilanmaganligini ma'lum qildi.

Powered by Froala Editor