Yangi Toshkent hududidagi 50 gektar maydonda yirik “Akva park” qurilishi mumkin
O'zbekiston
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning maʼlum qilishicha, ushbu maqsad uchun 200 million dollar mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Kelgusi yetti yil davomida Yangi Toshkent hududidagi 50 gektar maydonda yirik “Akva park” qurilishi mumkin. Bu haqda OʻzLIDEPdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Nomzodga koʻra, ushbu maqsad uchun 200 million dollar mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Yangi Toshkent hududida umumiy maydoni 35 gektar bo‘lgan sun’iy ko‘l tashkil qilinib, odamlarning madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda poytaxtni “yashillashtirishga” oid rejalar haqida to‘xtaldi.
“Bugungi kunda poytaxtimizda yashil maydonlar 900 gektarni tashkil qiladi. Kelgusi yetti yilda bu hududni 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazamiz... Shahar bo‘ylab 100 kilometr velosiped yo‘laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinadi”, dedi nomzod.

Powered by Froala Editor