"Liverpul" futbolchisi Diogu Jota vafot etdi

Sport

Portugaliyalik mashhur futbolchi va Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchisi Diogu Jota Ispaniya hududida avtohalokatga uchrab, vafot etdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Marca gazetasi. U 28 yoshda edi.

"Liverpul" futbolchisi Diogu Jota vafot etdi
Fojia Samora provinsiyasida sodir bo‘lgan. Jota va uning ukasi Andre (26 yosh) bo‘lgan avtomobil trassadan chiqib ketgan va yonib ketgan. Ikkala aka-uka ham voqea joyida halok bo‘ldi.

Andre Jota Portugaliyaning "Penafiel" klubida to‘p surgan. Portugaliya terma jamoasi yulduzi Diogu Jota bungacha "Atletiko," "Portu," "Vulverxempton" klublarida to‘p surgan, 2020 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelgan. Ingliz klubi safida u 2024/2025-yilgi mavsumda Premer-liga chempioni bo‘ldi va 2022-yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Jota, shuningdek, Portugaliya terma jamoasining muhim qismi sifatida 2020 va 2024-yilgi Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.

Jahon futboli allaqachon ta’ziya bildirmoqda. Yaqin kunlarda FIFA, UEFA va futbolchi bog‘langan klublar rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing