Yangi uy-joy olgan fuqarolarga to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytariladi

O'zbekiston

Kuni kecha, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda bir qator masalalar muhokama qilindi. Unga ko'ra endilikda, joriy yildan boshlab uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga budjetdan 15,5 trillion so‘m resurs berilmoqda.

Yangi uy-joy olgan fuqarolarga to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytariladi
Banklar bunga qo‘shimcha 10 trillion so‘m yo‘naltirishni maqsad qilgan. “Ipoteka kompaniyasi” ham bu maqsadlarga 2,3 trillion so‘m resurs yo‘naltiradi.

Mutasaddilarga 2025-yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 mingtasi uchun kreditni boshlang‘ich badal uchun budjetdan subsidiya to‘lab, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga berish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing