Yaponiya Fukusima AESdagi suvning uchinchi partiyasini okeanga to‘kishni boshladi

Dunyo

Joriy bosqich 20-noyabrgacha davom etadi, kuniga 460 tonnaga yaqin drenaj rejalashtirilgan.

Yaponiya Fukusima AESdagi suvning uchinchi partiyasini okeanga to‘kishni boshladi
Yaponiyada “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi suvning uchinchi partiyasi dengizga tashlanishi boshlandi. Bu haqda atom elektr stansiyasi operatori Tokyo Electric Power bayonotida aytiladi, deya yozmoqda "Anadolu".

Ilgari kompaniya Fukusima-1 atom elektr stansiyasi reaktorlarini sovutishda foydalanilgan suvni Tinch okeaniga ikki marta olib chiqib to‘kkan — 24-avgustdan 11-sentyabrgacha va 5-oktyabrdan 23-oktyabrgacha.

Joriy bosqich 20-noyabrgacha davom etadi, kuniga 460 tonnaga yaqin drenaj rejalashtirilgan.

Umuman olganda, 2024-yil martigacha AESning 31,2 ming tonna oqava suvini Tinch okeaniga olib chiqib to‘kish rejalashtirilgan.

Ishdan chiqqan atom elektr stansiyasidagi suvni okeanga to‘kish qarori qo'shni davlatlar, birinchi navbatda Xitoy, shuningdek, mahalliy baliqchilarning keskin tanqidiga sabab bo'ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing