Yaponiya korporatsiyalari 2023-yilda AQShda 222 ta kompaniyani sotib oldi

Biznes

Yirik yapon kompaniyalari 2023-yilda Amerika kompaniyalarini xarid qilish uchun qariyb 5,348 trillion iyen (taxminan 36 milliard dollar) sarfladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30% ga ko‘p. Bu turli miqyosdagi 222ta AQSh kompaniyasini sotib olish bilan bog'liq siyosiy muammolarni keltirib chiqardi.

Yaponiya korporatsiyalari 2023-yilda AQShda 222 ta kompaniyani sotib oldi
Yaponiya metallurgiya giganti “Nippon Steel”ning "U. S. Steel" po'lat kompaniyasini 14,1 milliard dollarga sotib olgani haqidagi e'lon 2023-yil dekabr oyida ushbu yo'nalishdagi asosiy sensatsiyaga aylandi. Bundan tashqari, Yaponiya tomoni Amerika kompaniyasining qariyb 742 million dollar miqdoridagi qarzlarini to'lashga rozi bo'ldi. O'sha yili tayyor uylar ishlab chiqaruvchi “Sekisui House” va kosmetika giganti “Shiseido” ham Qo'shma Shtatlarda yirik xaridlarni amalga oshirdi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, yapon kompaniyalari aholining qarishi tufayli yuzaga kelgan ichki bozorning qisqarishi oqibatida xorijda sarmoya izlashga majbur. Biroq, ularning faoliyati Qo'shma Shtatlarda muayyan qarshilikka sabab bo'lmoqda. USW po'lat ishlab chiqaruvchilar kasaba uyushmasi "U. S. Steel" ni sotib olishga qarshi chiqdi, sobiq prezident Donald Tramp esa hokimiyatga qaytgan taqdirda bu bitimni to'xtatishga va'da berdi. Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi, shuningdek, yapon korporatsiyasining “US Steel” kompaniyasini egallab olish urinishini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing