Yaponiya O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qariyb $250 million ajratadi

Iqtisodiyot

Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlari uchun $246,2 milliondan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Yaponiya O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qariyb $250 million ajratadi
Bitimni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yoshibumi Bito imzoladilar.

Mablag‘lar O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko’maklashishga ajratiladi. Kredit yapon iyenasida 30 yil muddatga, o‘n yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi. Foiz stavkasi yiliga 1,8% ni tashkil qiladi.

Ayni paytda JICAning O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari iqtisodiy infratuzilmani, xususiy sektorni va qishloqlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdir.

1993–2021-yilgacha JICA kreditlari ko‘magida O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirildi.

Kelgusida agentlik Toshkent shahriga energetika va tibbiyot sohalarida yordam ko‘rsatishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing