Yaponiya TIV: Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettiramiz

Siyosat

Yaponiya Rossiyaning energetika resurslaridan mustaqil bo‘lishga harakat qiladi.

Yaponiya TIV: Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettiramiz
Yaponiya Ukraina tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etishda davom etadi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining qadamlari xalqaro tartib asoslarini buzadi, shuning uchun mintaqadagi status-kvo kuch bilan o‘zgartirilganda bunday qadamlarning bahosi borligini ko‘rsatish kerak.

Ma’lum qilinishicha, Yaponiya xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikni va Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni davom ettiradi.

“Energetika sohasiga kelsak, “G7” yetakchilari uchrashuvi natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz Rossiyaning energetika resurslari, jumladan, neft va ko‘miridan mustaqil bo‘lishga harakat qiladi”, dedi Yoko Kamikava.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing