Yaponiyada suv osti vulqonining otilishi tufayli yangi orol paydo bo'lmoqda

Dunyo

Tinch okeanida, Yaponiyadan 1000 kilometr uzoqlikda vulqon otilishi natijasida yangi quruqlik paydo bo‘lmoqda.

Yaponiyada suv osti vulqonining otilishi tufayli yangi orol paydo bo'lmoqda
Tokio universiteti qoshidagi zilzilalarni o‘rganish instituti mutaxassislari Yaponiyaning Io oroli yaqinida suv osti vulqonining otilishi natijasida diametri taxminan 100 metr bo‘lgan yangi orol paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Qayd etilishicha, 30-oktabr kuni amalga oshirilgan havo kuzatuvlari davomida Io oroli hududida suv osti vulqonining otilishi tasdiqlandi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, otilish paytida, magma okean suvlariga kirganida, suv ostidan ulkan toshlar otilib chiqqan freatomagmatik portlash sodir bo‘lgan.

“Portlash sodir bo‘lgan joydan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda diametri taxminan 100 metr bo‘lgan yangi orol topildi. Uning yuzasi vulqon jinslari bilan qoplangan va uning atrofidagi chegara suv zonasi kulrang-qaymoq rangga ega”, deyiladi xabarda.

Shu sababli, mutaxassislarning fikricha, otilish davom etar ekan, orolning hajmi ham oshishi mumkin. Io oroli Ogasavara orollari zanjirida, Tokiodan minglab kilometr janubda joylashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing