YeI ajratgan €50 mlrd Ukraina muammolarini hal qila olmaydi

Iqtisodiyot

Jahon bankiga ko‘ra, Ukraina uzoq muddatli tiklanish uchun 411 milliard dollarga muhtoj.

YeI ajratgan €50 mlrd Ukraina muammolarini hal qila olmaydi
“Politico” nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tomonidan 2027-yilgacha Kiyevga ajratilgan 50 milliard yevro Ukraina muammolari ko‘lami oldida hech narsa emas. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi yordam paketida ko'zda tutilgan oyiga 1,02 milliard yevro miqdoridagi to'lovlar Ukraina uchun 2023-yilga nisbatan moliyalashtirishning bir yarim barobar qisqarishini anglatadi. Joriy yilning o’zida G'arb homiylari tomonidan mamlakatni moliyalashtirish taqchilligi 40 milliard dollardan oshadi

Jahon bankiga ko‘ra, Ukraina uzoq muddatli tiklanish uchun 411 milliard dollarga muhtoj. Maqolada ta'kidlanishicha, Kiyev uchun asosiy xavf — bu yordam etishmasligi tufayli “inflyatsion jarlikka” qulash, bu esa uni katta miqdorda yangi pullarni chop etishga majbur qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing