YeI dunyodagi birinchi sun'iy intellekt qonunini qabul qildi
Texnologiya
Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar va Yevropa parlamenti sunʼiy intellektdan (AI) foydalanishni tartibga soluvchi qonun boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Ispaniyaning YeI kengashidagi vakolatxonasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Unda ta'kidlanishicha, sun'iy intellekt to'g'risidagi qonun bo'yicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Gap Yevropa bozoriga joylashtirilgan va Yevropa Ittifoqida qoʻllaniladigan sunʼiy intellekt tizimlarining “xavfsiz boʻlishini hamda Yevropa Ittifoqining asosiy huquqlari va qadriyatlarini hurmat qilishini” taʼminlashdan iborat ekanligi haqida ketmoqda.
Yevropaning ichki bozor bo‘yicha komissari Tyerri Bretonning ta'kidlashicha, Yevropa “sun'iy intelektdan foydalanish bo‘yicha aniq qoidalarni o‘rnatgan birinchi qit’aga aylanadi”.
"El Pais" gazetasiga ko'ra, jamiyatga a'zo davlatlar va Yevropa parlamenti uch kunlik qizg'in muzokaralardan so'ng kelishuvga erishgan. Qonunning matni kuchga kirgunga qadar har ikki taraf tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Bu 2026-yilda sodir bo'lishi kutilmoqda.
Boshqa narsalar qatori, qonun ChatGPT chatboti va real vaqtda biometrik identifikatsiya tizimlari kabi texnologiyalardan foydalanishni tartibga solishga yordam berishi kerak.
Sun'iy intellekt bo'yicha kelishuvga erishish 2024-yilning yanvaridan Belgiya tomonidan qabul qilinadigan YeI Kengashidagi Ispaniya raisligining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'ldi.

Powered by Froala Editor