YeI HAMAS-Isroil onlayn kontentlari ustidan “Meta” va “TikTok”ni tekshirmoqda

Dunyo

Ijtimoiy tarmoq gigantlari 25-oktabrgacha Yevropa Komissiyasini muammoli kontentga qarshi kurashayotganiga ishontirishlari kerak.

YeI HAMAS-Isroil onlayn kontentlari ustidan “Meta” va “TikTok”ni tekshirmoqda
Yevropa Komissiyasi “Meta” va “TikTok”dan Isroil-HAMAS mojarosi chog‘ida dezinformatsiyaga qarshi kurash borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lumot taqdim etishini soʻradi. Bu haqda “DW” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy media kompaniyalariga o'z platformalarida terroristik, zo'ravonlik targʻibotlar va nafrat so'zlarining tarqalishiga qarshi kurash choralarini belgilash uchun bir hafta vaqt berilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Komissiya allaqachon Ilon Maskga tegishli “X” ijtimoiy tarmogʻini ham ko'rib chiqmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing