Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga davlat qabuli bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston

Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan davlat qabuli tashkil etildi. O‘zbekiston rahbarining tashrifi ikki mamlakat munosabatlari uchun muhim voqea bo‘ldi.

Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga davlat qabuli bo‘lib o‘tdi
Tadbirda rasmiy delegatsiyalar, Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru, biznes, fan va madaniyat namoyandalari ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida bo‘lib o‘tgan muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochib, ularni strategik sheriklik darajasiga ko‘targanini ta’kidladi.

Emmanuel Makron energetika, suv resurslari, transport va barqaror turizm kabi sohalardagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi. U Fransiya kompaniyalari allaqachon O‘zbekistonga faol sarmoya kiritib, ish o‘rinlari yaratayotgani va hududlarni rivojlantirishga hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

Yetakchilar xalqlarimiz farovonligi yo‘lidagi sheriklikni mustahkamlashni davom ettirishga qat’iy intilishlarini tasdiqladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing