Toshkentga tramvay qaytadi
O'zbekiston
Toshkent ko'chalarida tramvaylar yana harakatlana boshlaydi. O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten Toshkent tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashdi.
Mazkur hujjat 12-mart kuni Fransiya tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan rasmiy imzolash marosimida e’lon qilindi. Ushbu kelishuvga binoan, Toshkentda tramvay liniyalarini qurish bo‘yicha mas’uliyat Fransiyaning yetakchi Alstom mashinasozlik kompaniyasiga yuklatiladi.
Bu yangilik transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, Toshkentda ekologik toza jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda ilk bor “Menimcha” dasturida poytaxtda tramvay tizimi qayta tiklanishi kerakligi muhokama qilingan edi. Ko‘p o‘tmay, davlat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Endilikda loyihaning texnik jihatlari, yo‘nalishlari va amalga oshirish muddati bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar taqdim etilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor