Yer energiyasi buzilmoqda, kelajak xavf ostidami?
Dunyo
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, so‘nggi 40 yil ichida, nafaqat quruqlik balki dunyo okeanining isish sur’ati to‘rt karra oshgan. Okeanlarning rekord darajada isib ketishining asosiy sababi Yerning energiya balansi buzilishidir. Ya’ni, sayyora Quyoshdan oldingiga qaraganda ko‘proq energiya yutmoqda va kamroq energiyani kosmosga qaytarmoqda.
Agar 1980-yillar oxirida dunyo okeani harorati har o‘n yilda taxminan 0,06 daraja oshgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 0,27 darajaga yetgan. Reding universiteti professori Kris Merchant okean haroratining keskin oshishini suv bilan to‘ldirilgan vanna misolida tushuntiradi. Unga ko‘ra, 1980-yillarda issiq suv quvuri juda sekin ishlagan va harorat asta-sekin ko‘tarilgan bo‘lsa, hozir issiq suv quvuri juda tez harakat qilmoqda. Bu esa okean suvlarining har qachongidan ham tezroq isishiga olib kelmoqda. Ushbu jarayonni sekinlashtirishning yagona yo‘li esa global uglerod chiqindilarini kamaytirish va nol darajaga erishishdir.
Okeanlarning rekord darajada isib ketishining asosiy sababi Yerning energiya balansi buzilishidir. Ya’ni, sayyora Quyoshdan oldingiga qaraganda ko‘proq energiya yutmoqda va kamroq energiyani kosmosga qaytarmoqda. 2010-yildan boshlab bu muvozanat ikki baravar yomonlashgan. Bunga esa quyidagi omillar sabab bo‘layotgani aytilmoqda:
Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasining oshishi;
Yer yuzasining kamroq quyosh nurlarini qaytarishi;
Okeanlar tomonidan issiqlikning ko‘proq yutilishi.
Tadqiqotchilar okeanlar sathining harorati global iqlim tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani sababli bu o‘zgarishlar yer yuzidagi iqlim sharoitiga ham salbiy ta’sir qilishi aniq deya takidlamoqdalar.
Okeanlarning tez isib ketishi natijasida:
Muzliklar erishi jadallashadi;
Dengiz sathining ko‘tarilishi davom etadi;
Tropik bo‘ronlar va iqlim ekstremumlari kuchayadi;
Dengiz ekotizimlari jiddiy zarar ko‘radi.
Mutaxassislar global isish oqibatlarini yumshatish uchun yoqilg‘i yoqish miqdorini keskin kamaytirish va atmosfera ifloslanishini cheklash zarurati haqida ogohlantirmoqda.

Powered by Froala Editor