Yer yonidan bir sutka ichida yigirma metrli ikkita asteroid uchib o‘tadi
Dunyo
Yer kamdan-kam kuzatiladigan astronomik uchrashuvga hozirlik ko‘rmoqda. Bir sutka ichida sayyoramizga juda yaqin masofadan o‘lchamlari mashhur Chelyabinsk meteoritiga teng bo‘lgan birdaniga ikkita yirik asteroid uchib o‘tadi. Olimlarning ta’kidlashicha, to‘qnashuv xavfi mavjud emas, biroq astronomlar uchun ushbu tranzit noyob kuzatuv imkoniyatini taqdim etadi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, diametri qariyb 20 metr bo‘lgan 2026 KB va 2026 JH2 koinot jismlari bir necha kun avval kashf etilgan. 2026 KB asteroidi 18-may oqshomida Yerga 230 ming kilometr masofada yaqinlashadi. Uning yirikroq egizagi 2026 JH2 esa 19-mayga o‘tar kechasi sayyora yonidan 2026-yil uchun rekord darajadagi minimal masofada — bor-yo‘g‘i 91 ming kilometr uzoqlikda o‘tadi.
Mutaxassislar obyektlarning Yerga qulash xavfini butunlay inkor etishmoqda, chunki ularning harakat traektoriyalari barqaror. Harakat tezligi yuqori bo‘lgani sababli ushbu samoviy jismlarni osmonda ilg‘ash juda qiyin, ammo 2026 JH2 obyektini yarim professional teleskoplar yordamida ko‘rish imkoni mavjud.

Powered by Froala Editor