Yevroosiyo ittifoqi yagona kinobozorni yo‘lga qo‘yadi
O'zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yagona kinobozor tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Rossiya ushbu tashabbusni ilgari surib, film ishlab chiqarish va namoyish qilish bo‘yicha hamkorlik bitimini imzolashni taklif qilmoqda.
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘rtasida kinoxizmatlar bozorini birlashtirish rejalashtirilmoqda.
Kelishuvda filmlar ishlab chiqarish, prokat va namoyishi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, iste’molchilar va kinotarmoq ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish choralari nazarda tutilgan.
Yagona kinobozor ittifoq mamlakatlari o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma kinoloyihalarga zamin yaratish maqsadida xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor