Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Iqtisodiyot

Rossiya tarkibiga yangi hududlarning kirishi munosabati bilan joriy etilgan sanksiyalar 2025-yilning 24-fevraliga qadar amal qiladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi
Qaror Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi va e’lon qilingan kundan keyingi kun kuchga kiradi.

Eslatib o’tamiz, 2022-yil sentabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin referendumdan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlari Rossiya tarkibiga qo‘shilganini e’lon qilgan edi. G'arb davlatlari bu referendumlar natijalarini tan olmadi.

2024-yil fevral oyida amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Prezident Putin NATO Rossiyaning yangi hududlar ustidan nazoratini “munosib tarzda” tan olishi mumkinligini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing