Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Dunyo

13-sanksiya paketi 200 dan ortiq jismoniy shaxslar va kompaniyalarga taalluqlidir.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
Germaniyaning DPA agentligi ma'lumotlariga ko'ra, sanksiyalar ro'yxatiga Yevropa Ittifoqidagi aktivlari muzlatilishi kerak bo'lgan shaxslar va muassasalar kiritiladi. Cheklovlar Rossiyaning harbiy va texnologik jihatdan mustahkamlanishiga yoki uning mudofaa va xavfsizlik sohalarini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan kompaniyalarni qamrab oladi.

Ta’kidlanishicha, 24-fevralga kelib, Yevropa Ittifoqi Rossiya bankining taxminan 300 milliard dollar miqdoridagi muzlatilgan aktivlarini olib qo'yish masalasini hal qilmoqchi. Keyinchalik bu aktivlarni Ukrainaga o'tkazish rejalashtirilmoqda.

“Bloomberg”ning 19-yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 13-paketini tayyorlash borasidagi xabariga ko‘ra, yangi choralar savdo cheklovlarini kuchaytirish, qora ro‘yxatlarni kengaytirish va Yevropa Ittifoqi tarkibidagi kompaniyalar va davlatlar orqali Rossiya sanksiyalarini chetlab o‘tish bo‘yicha nazoratni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing