Yevropa Ittifoqining katta delegatsiyasi Kiyevga yetib keldi
Dunyo
Italiya, Kanada, Belgiya bosh vazirlari va Yevrokomissiya rahbari Kiyevga yetib keldi.
Ukraina poytaxtiga Italiya, Kanada va Belgiya bosh vazirlari Jorjiya Meloni, Jastin Tryudo va Aleksandr de Kru, shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen yetib keldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, G‘arbning barcha siyosatchilari Kiyevga Polshadan poyezdda kelgan.
“To‘rt nafar G‘arb yetakchilari, jumladan, Italiya, Kanada va Belgiya bosh vazirlari Ukrainani qo’llab-quvvatlash uchun shanba kuni Kiyevga keldi”, — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Yevrokomissiya rahbari katta yettilik yetakchilari bilan yilning birinchi uchrashuvini o‘tkazish niyatida. Unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, virtual sammit oldidan Italiya bosh vaziri Ukraina davlati rahbari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Kiyev London, Berlin va Parij bilan imzolagan xavfsizlik shartnomasiga o’xshash shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Kiyevga Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson keldi.

Powered by Froala Editor