Yevropa Qizil dengizdagi vaziyat tufayli iqtisodiy inqirozga duch kelishi mumkin
Iqtisodiyot
Yamanning “Ansor Alloh” jangari guruhining husiy isyonchilari tomonidan savdo kemalariga raketa hujumlarining kuchayishi oqibatida Qizil dengizdagi inqiroz Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun muammolarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy masalalar bo‘yicha Yevropa komissari Paolo Gentiloni so‘zlariga ko‘ra, gap Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida inflyatsiyaning tezlashishi va Yevropa mintaqasida energiya resurslari narxining oshishi xavfi haqida bormoqda. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi davlatlari “yaqin haftalarda” Qizil dengizdagi inqirozning salbiy oqibatlariga duch kelishi mumkin. Biroq, hozircha, bu xavflar hali to'liq namoyon bo'lmadi, deb tushuntirdi Gentiloni.
U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi rasmiylarini Qizil dengizdagi voqealarni diqqat bilan kuzatishga chaqirdi. "Biz bu yilni sust o'sish bilan boshlaymiz, lekin geosiyosiy keskinliklar va ayniqsa Qizil dengizda sodir bo'layotgan voqealar tufayli yuzaga keladigan pasayish xavfi haqida xavotirlar ortib bormoqda", — deya xulosa qildi Yevropa komissari.

Powered by Froala Editor