Yevropadagi ikki gazeta nashri G'azodagi va Ukrainadagi odamlarga yordam berish uchun xayriya marafoni uyushtirdi
Dunyo
The Guardian hamda Observer nashrlari tomonidan, G‘azo, Ukraina va boshqa hududlardagi urush va zo‘ravonlikdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun hafta boshida xayriya marafoniga start berilgan edi. Marafon yakunlanmasdan gazeta o'quvchilari tomonidan "mazlum birodarlar uchun" 250 000 funt sterlingdan (4 mlrd.so'mdan ko'proq) ortiqroq mablag' yig'ildi.
Guardian va Observer uchta xayriya tashkiloti uchun mablag‘ yig'yapti Urush bolalari (War Child), Chegara bilmas shifokorlar (Médecins Sans Frontières – MSF), Parallel Histories (Parallel Tarixlar).
Guardian bosh muharriri Ketrin Viner ushbu xayriya kampaniyasini tanishtirishida shunday so’zlarni aytdi: “Bu harakat urush va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan millionlab odamlarga birdamlik ko‘rsatishdir. Eng asosiysi, bu hayotini xavf ostiga qo‘yib, mojarolar qurbonlariga yordam berayotgan jasur insonlarga minnatdorlik belgisidir.”
Urush bolalari rahbari Xelen Pattinson xayriya to'g'risida o'z fikrini bildirdi. “Urush bolalari tashkilotidagi barcha xodimlar Guardian, Observer va ularning o‘quvchilari tomonidan ko‘rsatilgan yordamdan hayratda. Bu yilgi kompaniyada qisqa vaqt ichida 250 ming funt sterling yig‘ilgani, bizning urushlarda qolgan bolalar uchun, yorqin kelajak yaratish missiyamizda xalq bizni qo‘llab-quvvatlayotganining aniq belgisidir. Bu uchun juda minnatdormiz.”
Ushbu xayriya ertaga soat 10:00 dan 18:00 gacha (15:00-23:00) telemarafon tarzida o'z nihoyasiga yetadi. Telefondan xayriya qilish uchun raqam: 0203 353 4368, operatorlikni esa nashrning mashxur jurnalistlari amal oshirishadi.
Guardian va Observer tomonidan amalga oshirilayotgan bu xayriya tashabbusi insoniylik va birdamlikning muhimligini yana bir bor eslatadi.
Saxovatpesha yuraklar tufayli minglab oilalarga yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Bu kabi tadbirlar jamiyatni yaxshilik sari yetaklashda ulkan birdamlik qadami hisoblanadi.

Powered by Froala Editor