Kaliforniyada yong‘inlar avj oldi — har daqiqada beshta futbol maydoniga teng hudud yonib ketyapti
Dunyo
Los-Anjeles shahrining, Pasifik Paliseyds o'rmonlarida 7 yanvar kuni yong'in sodir bo'ldi. Kuchli shamol va qurg‘oqchilik sababli, u tezda 486 gektarga tarqalgan. Yong‘in oqibatida 30 mingdan ortiq mahalliy aholi uyini tark etgan. Los-Anjeles meri Karen Bass favqulodda holat e'lon qildi.
Pasadenaning shimolida yong‘in jadal tarqalmoqda. Kuchli shamol tufayli bu yerda vertolyotlardan foydalanishning imkoni yo‘q. Los-Anjelesning shimolida joylashgan Burbank aeroportida yana bir yong‘in sodir bo'ldi.
“PowerOutage US” korxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Los-Anjeles okrugida 17 mingga yaqin odam elektr energiyasiz qolgan. Shuningdek, Los-Anjelesda bir necha oydan beri yomg‘ir yog‘magan. Meteorologik xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyuldan buyon shaharda faqat 4 mm yomg‘ir yoqqan.
Los Angeles Times gazetasi Pacific Palisades hududidagi yong‘in haqida shunday yozmoqda: “Nazoratdan tashqarida", "Yong‘in har bir daqiqada beshta futbol maydoniga teng hududni yo‘q qilmoqda."

Powered by Froala Editor