Gaz tranziti uchun 1,37 mlrd dollar: “Gazprom” Shveytsariyada apellyatsiyani boy berdi
Iqtisodiyot
Shveytsariyaning Federal Oliy sudi “Gazprom”ning apellyatsiyasini rad etdi va xalqaro arbitraj qarorini kuchda qoldirdi. Unga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi Ukrainadagi “Naftogaz”ga gaz tranziti bo‘yicha 1,37 milliard dollar to‘lashi kerak.
Shveytsariyaning Federal Oliy sudi Rossiyaning energetika kompaniyasi “Gazprom” tomonidan berilgan apellyatsiyani rad etdi. Shu bilan birga, u “Gazprom”ni Ukrainadagi “Naftogaz” kompaniyasiga 1,37 milliard dollar to‘lash majburiyatini yuklagan arbitraj qarorini tasdiqladi. Bu haqda Global Arbitration Review nashri xabar berdi.
Mojaro 2019 yilda tuzilgan besh yillik gaz tranziti shartnomasi bilan bog‘liq. Shartnomaga ko‘ra, “Naftogaz” Rossiya gazini Ukraina hududi orqali Yevropaga uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashi, “Gazprom” esa gaz hajmidan qat’i nazar tranzit xizmatini to‘lashi kerak edi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlangach, Ukraina orqali o‘tadigan gaz oqimi keskin kamaydi. Shundan so‘ng “Gazprom” faqat real yetkazib berilgan gaz hajmi uchun to‘lov qila boshladi.
“Naftogaz” buni shartnoma shartlarining buzilishi deb hisoblab, xalqaro arbitrajga murojaat qildi.
2025 yil iyun oyida arbitraj sudi ukrain kompaniyasi foydasiga qaror chiqardi. Endi Shveytsariyaning Federal Oliy sudi ham bu qarorni tasdiqlab, “Gazprom”ni qarzdorlik, foizlar va sud xarajatlarini to‘lashga majbur qildi.
“Naftogaz” va “Gazprom” o‘rtasidagi shartnoma 2024 yil 31 dekabrgacha amal qilgan. Urush davom etayotganiga qaramay, shu vaqtgacha Ukraina orqali gaz tranziti davom etgan.
“Naftogaz” vakillarining aytishicha, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinmagan, chunki o‘sha paytda Yevropa davlatlari hali ham Rossiya gaziga muhtoj edi. Shartnoma muddati tugagach esa u uzaytirilmagan.

Powered by Froala Editor