YOIIning hukumat rahbarlari yangi bitimlarni imzolab, integratsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
Iqtisodiyot
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) hukumat rahbarlari Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan uchta bitimni imzolash bilan yakunladi. Yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar, jumladan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Yakunlar bo‘yicha elektron savdo, YOII davlatlari birjalarida broker va dilerlarning o‘zaro ishtiroki hamda ilmiy unvonlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sag‘intayevning ta’kidlashicha, elektron savdo bo‘yicha bitim o‘zaro savdo ishtirokchilarining huquq va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Kun tartibidagi 15 dan ortiq masala, jumladan oziq-ovqat xavfsizligi, neft va neft mahsulotlari umumiy bozori, yuk tashuvlarini raqamlashtirish, tovarlar kuzatuvi, iqlim kun tartibi va transchegaraviy bozorlardagi raqobat ko‘rib chiqildi.
Abdulla Aripov YOII bilan yagona raqamli makon yaratish, elektron hujjatlarni o‘zaro tan olish, «aqlli» transport-bojxona yo‘lagini ishga tushirish hamda sanoatni yashil transformatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqishni taklif etdi. Shuningdek, u O‘zbekiston Milliy raqamli bandlik platformasini «Chegaralarsiz ish» tizimi bilan integratsiya qilish va transchegaraviy turistik marshrutlarni rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi.

Powered by Froala Editor